Eronda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
18 iyun Eronda mahalliy vaqt bilan soat 7dan prezident saylovlarida ovoz berish boshlandi. Mamlakat rahbari lavozimi uchun 4 nomzod kurash olib boradi. Amaldagi prezident Hasan Ruhoniy o‘z lavozimini ketma-ket ikki muddat egallagani sababli joriy saylovlarda ishtirok eta olmaydi.
52 mlndan ko‘proq eronlik butun mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritadigan 66,8 mingga yaqin hamda dunyoning 133ta davlatida ochiladigan 234ta saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Saylovlar soat 00:00gacha davom etadi.
Prezident lavozimi uchun 4 nomzod kurash olib boradi. Dastlab nomzodlar soni ko‘proqni tashkil qilgan, biroq oxirgi haftada ulardan ko‘pi saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Saylovlarda mamlakatda qabul qilinuvchi qarorlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha kengash kotibi Muhsin Rizoiy, Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, parlament raisi o‘rinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoshimiy va markaziy bankning sobiq rahbari Abdulnasr Himmatiy ishtirok etadi.
Ta'kidlanishicha, prezident saylovlarining favoriti Ibrohim Raisiy hisoblanadi.
Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoni Fazliyning ta'kidlashicha, saylovlarning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlangandan keyin 2 kun ichida e'lon qilinadi.
Eron prezidenti 4 yillik muddatga saylanadi. Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash lozim. Agar nomzodlardan birortasi bunday natijaga erisha olmasa, unda saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, saylovlardagi davomat bor-yo‘g‘i 40 foizni tashkil qilishi mumkin. Ko‘plab eronliklar mamlakatdagi iqtisodiy muammolar va o‘zlari uchun maqbul nomzodlar yo‘qligi sababli saylovlarni boykot qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024