Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 9ta davlat bilan aviaaloqani tiklamoqda
Rossiyaning koronavirusga qarshi federal tezkor shtabi 22 iyundan Turkiya bilan aviaaloqani tiklash maqsadga muvofiqligi haqidagi qarorni qabul qildi. Shuningdek, Rossiya 28 iyundan bir qator boshqa davlatlar, jumladan, AQSh, Italiya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Belgiya, Bolgariya, Iordaniya va Irlandiya bilan ham aviaaloqani tiklaydi.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ta'kidlashicha, Rossiya Avstriya, Ozarboyjon, Armaniston, Gretsiya, Qatar, Finlandiya, Xorvatiya, Shveytsariyaga reyslar sonini oshiradi.
Tezkor shtab fuqarolari Rossiyaga kirishiga ruxsat berilgan davlatlar ro‘yxatiga Xitoy va Lixtenshteynni ham kiritishni tavsiya qilgan.
Shuningdek, bir qator xorijiy davlatlar koronavirusga qarshi emlangan rossiyaliklarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Yuqoridagi davlatlar bilan aviaaloqani to‘xtatish qarori koronavirusga qarshi kurash doirasida qabul qilingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025