Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi ish boshladi
Mazkur monomarkaz loyiha qiymati 15 milliard so‘mni tashkil qiladi. Bu yerda ichki va tashqi mehnat bozoriga zamon talablariga mos kasbiy malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda xorijda mehnat faoliyatini ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.
“Ishga marhamat” monomarkazida ayollar va erkaklar sartaroshligi, kosmetolog, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi, enaga, santexnik, payvandlovchi, suvoqchi va bo‘yoqchi kabi 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 smenali o‘qish tashkil etilib, yiliga 4480 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilishi kutilmoqda.


Markazning ochilish marosimida mehnat vaziri Nozim Husanov ishtirok etib, jurnalistlar bilan brifing o‘tkazdi.


Ma'lumki, ayni paytda Andijon viloyatida ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa ayollar tashqi migratsiyasi masalasi juda muammolardan biri. Shu oy boshida Andijon viloyat hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat hududidan chet elda ishlab yurgan ayollar soni 54 ming nafardan ziyod ekani aytilgan edi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025