Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada fermer xo‘jaligi tomonidan unumdor yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan bino-inshoot qurilayotganligi aniqlandi
Zangiota tumanida fermer xo‘jaliklaridan biri hosildor maydonga o‘zboshimchalik bilan uy qurayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” fermer xo‘jaligi rahbari M.M. va boshqalar 0,30 gektar unumdor yer maydoniga bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmasa-da, o‘zboshimchalik bilan ushbu hududda qurilish ishlarini amalga oshirgan. Natijada, yer maydonining qishloq xo‘jaligi hisobidan chiqishiga yo‘l qo‘yib, jamiyat manfaatlariga 280 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi
13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
12:09 / 25.02.2025
Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
18:50 / 24.01.2025