O‘zbekiston | 19:40 / 21.06.2021
6088
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor va Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahridagi ikki tumanning ayrim joylarida gaz vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Shayxontohur tumani matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chilonzor tumani Olmazor ko‘chasida joylashgan Oliy Majlis binosi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan gaz quvurini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Ushbu ishlarni bajarishda 22 iyun kuni soat 10:00dan soat 18:00gacha quyidagi joylarda gaz ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Chilonzor tumani:

  • «Katta Olmazor» MFYdagi 2862ta xonadon;
  • «Beshyog‘och» MFYda 584ta xonadon.

Shayxontohur tumani:

  • Navoiy ko‘chasida joylashgan 1–8-sonli ko‘p qavatli uylar;
  • Nest One turar joy majmuasi.

Bundan tashqari, hududdagi ulgurji iste'molchilarga gaz yetkazib berish ham to‘xtatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid