O‘zbekiston | 13:16 / 21.06.2021
2121
2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy olib kirilgan mahsulotlarni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona tumanida chetdan noqonuniy olib kirilgan tamaki va alkogolli mahsulotlarni sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro Sh.A. xaridor Z.ga aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan aksiz markasiz 3 000 quti “Milano” nomli tamaki va 4 dona “Kara balta” nomli alkogolli mahsulotlarni jami 3 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Marg‘ilon shahrida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan turib ham 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid