Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamashilik haydovchining YPX xodimi bilan nizosini prokuratura o‘rganmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda «YPX hodimi bilan fuqaro o‘rtasida o‘zaro nizo chiqdi» sarlavhali video tarqalgandi. IIV YHXB BB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, hodisa 2021 yil 18 may kuni soat 11:50larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Iftixor ko‘chasida joylashgan «Fayz dehqon bozori» ro‘parasida sodir bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Xasanov 3.27 – «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisining ta'sir doirasida to‘xtab turgan «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisiga qoidabuzarlik sodir etib to‘xtaganligini tushuntirgan va tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan.
Haydovchi me'yoriy hujjatlarini taqdim qilgandan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi ushbu haydovchiga tegishli yoki yo‘qligini bilish maqsadida haydovchidan ko‘zoynagi hamda bosh kiyimini yechishini talab qilgan. Haydovchi o‘z e'tirozlarini bildirgan va qog‘oz shaklidagi bayonnoma rasmiylashtirilishini so‘ragan. Haydovchining talabiga ko‘ra qog‘oz shaklidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Haydovchi mazkur holatdan norozi bo‘lib, tuman prokuraturasiga shikoyat qilgan. Hozirda Qamashi tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025