O‘zbekiston | 11:38 / 23.06.2021
9613
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga olib kelinayotgan elektromobillarning 80 foizi Xitoydan import qilinmoqda

Joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida respublikaga 205ta elektromobil olib kelindi. Shundan 166tasi Xitoydan import qilingan.

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179taga ko‘p.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, may oyida O‘zbekistonga 49ta elektromobil olib kelindi, bu aprel oyiga qaraganda 16taga kam.  

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

  • Xitoy – 166ta;
  • Turkiya – 24ta;
  • Koreya – 5ta;
  • AQSh – 5ta;
  • Germaniya – 3ta;
  • Litva – 1ta;
  • Ispaniya – 1ta.

Ma'lumot uchun, respublikaga 2018 yilda 13ta, 2019 yilda 39ta, 2020 yilda esa 131ta elektromobil import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, elektromobillar quyidagi bir qancha afzalliklarga ega:

  • elektromobillar dvigateli atrof-muhitga zararli gazlarni chiqarmasligi hisobiga atrof-muhit ifloslanishi kamayishiga olib keladi;
  • elektromobil dvigateli elektr energiyasidan (muqobil energiyalar hisobiga) quvvat olishi sababli an'anaviy yonilg‘i sarfini kamaytiradi;
  • elektromobillar bilan to‘qnashuv sodir etilganda to‘qnashuv sensori tomonidan batareyalar o‘chirilishi natijasida elektromobil avtomatik tarzda to‘xtaydi;
  • ehtiyot qismlari soni kamroq bo‘lgani elektromobilning ishonchliligini oshiradi va natijada ta'mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari kamayadi;
  • batareyalarni standart elektr tarmog‘idan quvvat olish imkoniyatining mavjudligi xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi;
  • avtomashina o‘t oldirilgan hamda harakatlanayotgan vaqtda kamroq shovqin chiqadi;
  • elektr dvigatelning elektromagnit tormoz rejimida bo‘lishi favqulodda tormozlanish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid