Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar piyoda vafot etdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 iyun tunda Qarshi-Shahrisabz yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia mashinasi haydovchisi G‘uzor tumani hududida yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yubormaslik uchun rulni keskin burib yuborgan.
Natijada, u boshqaruvni yo‘qotgan va Nexia yo‘l chetiga chiqib ketib, chuqurga ag‘darilgan. Uning ortidan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Nexia piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda piyodalar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025