Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
QQDUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 25 mln so‘m bilan ushlangan shaxs voqeasi yuzasidan universitet izoh berdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti R.N. fuqaro N.ni ushbu universitetning Arxitektura fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Kun.uz muxbiri universitet ma'muriyati bilan bog‘landi. QQDUning izoh berishicha, qo‘lga olingan universitet assistenti ekanligi aytilgan shaxs OTMda yarim shtat o‘rindoshlik asosida muayyan muddatda ishlash uchun shartnoma tuzgan.

Kun.uz'ga berilgan hujjatga ko‘ra, uning shartnomasi 2020 yilning 17 dekabridan 2021 yilning 30 iyun sanasigacha tuzilgan. R.N. ning asosiy ish joyi «Rubin» MChJ ekanligi ma'lum bo‘ldi. OTM rahbariyatining qo‘shimcha qilishicha, firibgarlik jinoyatini sodir etganligi gumon qilinayotgan shaxs hozirda ozodlikda qolmoqda.
Ma'lumot uchun, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin NDPI Ellikqal'a filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 500 dollar olgan firibgar ushlangandi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025