Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yadro qurolidan qaysi hollarda foydalanishi mumkinligi aytildi
Qayd etilishicha, Rossiyaning yadroviy siyosati mutlaqo mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, yadroviy qurollar strategik barqarorlik unsuri hisoblanadi.
Rossiya harbiy tajovuzga javoban yadro qurolidan foydalanishi mumkin. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari armiya generali Valeriy Gerasimov ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.
«Rossiya Federatsiyasi unga yoki uning ittifoqchilariga qarshi yadroviy yoki boshqa ommaviy qirg‘in quroli qo‘llanilganida hamda Rossiya Federatsiyasiga qarshi oddiy qurol yordamida tajovuz qilinganidan davlatning mavjudligi xavf ostida qolganida yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi», — dedi Gerasimov.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Rossiyaning yadroviy siyosati mutlaqo mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, yadroviy qurollar strategik barqarorlik unsuri hisoblanadi.
16 iyun kuni Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden Jyenevadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha strategik barqarorlik bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolagandi.
Mavzuga oid
22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025