Tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda. Yuzdan ortiq afg‘onistonlik harbiylar Tojikistonga qochib o‘tgan
Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi o‘n sutka davomida Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh o‘nta viloyatida hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi toliblarning tojik-afg‘on chegarasidagi Qunduz viloyatida joylashgan «Sherxon-Bandar» chegara-o‘tkazuv punktiga amalga oshirgan hujumi bo‘yicha izoh berdi, deb yozadi Aziya-Plyus.
Hujum oqibatida afg‘on harbiylari yaralangan va o‘ldirilgan, hukumat qo‘shinlarining 130dan ortiq harbiy xizmatchilari esa Tojikiston hududiga qochib o‘tgan.
Tojikiston chegara qo‘shinlari xabariga ko‘ra, 21 iyun kuni toliblar Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum uyushtirgan.
«22 iyun soat 9gacha davom etgan qurolli to‘qnashuv oqibatida Afg‘oniston hukumat qo‘shinlarining 134 nafar harbiy xizmatchisi «Panj» chegara otryadining 3- va 4-zastavalari orqali Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi», - deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, tojik chegarachilari insoniylik va qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda afg‘on harbiylarining Tojikiston hududiga to‘sqinliklarsiz o‘tishiga ruxsat bergan. Xabarga ko‘ra, Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari orasida 4 kishi yaralangan va bir kishi halok bo‘lgan.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatni keskin deb baholagan, «Sherxon-Bandar»da yaralangan, halok bo‘lgan va asirga olinganlar soni 100ga yaqin.
Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi o‘n sutka davomida Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh o‘nta viloyatida hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Natijada Chaxyob, Yangi Qal'a, Darkad, Dashti Qala, Xo‘jag‘or, Dashti Archi, Imom Sohib va Qalai Zol uyezdlari hamda «Sherxon-Bandar» va «Kokul» chegara-o‘tkazuv punktlari toliblar qo‘liga o‘tgan.
Avvalroq Qunduz viloyatidagi Imom Sohib tumani toliblar tomonidan egallab olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024