O‘zbekiston | 13:09 / 23.06.2021
3321
2 daqiqa o‘qiladi

Xatirchidagi tashlandiq tilla konida yuz bergan fojyea yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv boshladi

Foto: KUN.UZ

Kun.uz Xatirchi tumanining Oqtepa mahallasida qo‘lbola usulda oltin qazib olish uchun tashlandiq konga kirgan 4 kishi vafot etgani haqida ma'lum qilgandi (https://kun.uz/10278336). Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 iyun kuni Xatirchi tumanida yashovchi 7 nafar fuqaro Oltinsoy tog‘ tizmasiga tilla qazib olish maqsadida borgan. Dvijokdan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaxarlanish oqibatida 4 nafar fuqarol voqea joyida vafot etgan, 3 kishi esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

«Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, noqonuniy ravishda tilla qumini qazib oluvchilarni aniqlash va bu kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish yuzasidan muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda», — deyiladi prokuratura munosabatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid