Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yil yakunigacha 3,4 mlrd dollar o‘zlashtiriladi» – Energetika vazirligi o‘tgan 5 oyda tizimga qancha mablag‘ sarflanganini ochiqladi
Yanvar-may oylarida O‘zbekiston energetika tizimida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari uchun qariyb 1 mlrd dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.
2021 yil yanvar-may oylarida Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan umumiy qiymati 33,4 mlrd dollar bo‘lgan 62ta investitsiya loyihasi bo‘yicha 1,1 mlrd dollar o‘zlashtirildi. Xususan, 305,3 mln dollar mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
«Joriy yil yakuni bilan 3,4 mlrd dollar, shu jumladan, 1,3 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda», deya ma'lum qildi vazirlik Kun.uz’ga.
Qayd etilishicha, regulyator mutasaddiligida 9ta aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘lib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar aksiyadorlik jamiyatlarining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ya'ni mazkur aksiyadorlik jamiyatlarining loyihalari uchun davlat budjetidan mablag‘ sarflanmaydi.
Vazirlikka ko‘ra, o‘tgan 5 oyda elektr energetika sohasida, xususan, issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha umumiy quvvati 4 ming 341 megavattga teng bo‘lgan jami 10 ta shartnoma imzolandi.
Xususan, yanvar oyida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1000 MVt 2ta shamol elektr stansiyasini qurish, Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Qibray tumanida va Buxoro viloyatining Buxoro tumanida umumiy quvvati 500 megavattga teng bo‘lgan 2 ta (270/230) issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitim imzolangan.
Shuningdek, aprelda Niderlandiyaning «Stone City Energy» kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida umumiy quvvati 1500 - 1600 megavattga teng issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Avvalroq, umumiy qiymati 3,6 mlrd dollarni tashkil etadigan Uzbekistan GTL zavodi qachon ishga tushishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi
12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi
13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
19:23 / 24.12.2024