Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:23 / 24.06.2021
8822
2 daqiqa o‘qiladi
Magistraturaga kiruvchilar chet tilini bilishi shart qilib belgilandi
Prezident “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilanishicha, 2021/2022 o‘quv yili qabulida:
- davlat OTMlarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat OTM tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda DTM tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
- magistratura (klinik ordinatura)ga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
- magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat OTM tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali DTMga taqdim etiladi hamda mazkur muassasa saytida e'lon qilinadi;
- abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma'lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda DTM saytida e'lon qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
14:56 / 01.07.2024