Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlar o‘zlari tanlagan 5ta yo‘nalish orasidan grantga kirganida o‘qishi mumkin
Prezident “2021/22 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilanishicha, 2021/22 o‘quv yili qabulida:
- abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
- abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 22 iyunidan 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.
Samarqand viloyati Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ta'lim tizimida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish maqsadida bakalavriatning kunduzgi ta'lim shaklida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan mazkur tuman uchun qo‘shimcha 100 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.
Mavzuga oid
10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
14:56 / 01.07.2024