Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyadagi maktabda birin-ketin 19 nafar o‘quvchi hushini yo‘qotdi
Voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.
Chexiya g‘arbida joylashgan Sokolov shahridagi maktablardan birida 19 nafar o‘quvchi hushini yo‘qotdi. Bu haqda shahar tez tibbiy yordam xizmati vakili Radek Ges ma'lum qildi.
«Soat 8:15da maktabda ikki nafar o‘quvchi hushini yo‘qotgani to‘g‘risida xabar oldik. Shifokorlar u yerga zudlik bilan jo‘nab ketdi. Hozirga qadar 19 o‘quvchida ana shunday holat kuzatildi. Maktabda 8ta tez tibbiy yordam ekipaji ishlamoqda, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ham yetib kelgan», dedi Ges.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.
Sokolov shahri rahbari Renata Ouleglovaning qo‘shimcha qilishicha, o‘t o‘chiruvchilar maktabda gaz sizib chiqishi alomatlarini aniqlamagan.
Bundan tashqari, ularning ovqatdan zaharlangani ham qayd etilmagan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
13:50 / 05.05.2025