Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirusning «delta plyus» shtammi ko‘chada ham yuqishi mumkinligidan ogohlantirdi
Avvalroq JSST katta ilmiy xodimi Sumya Svaminatan koronavirusning delta-varianti butun dunyoni egallayotganini aytgandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi «delta plyus» variantini ko‘chada ham yuqtirish mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda JSST vakili Melita Vuynovich ma'lum qildi.
«Hindistondan olingan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kasallik yuqishi uchun bemor yonidan niqobsiz o‘tish yetarli», – dedi Vuynovich.
Uning aytishicha, mazkur shtamm xavotir uyg‘otmoqda.
Avvalroq JSST katta ilmiy xodimi Sumya Svaminatan koronavirusning delta-varianti butun dunyoni egallayotganini aytgandi.
Ma'lumot berilishicha, virusning ushbu turi 80dan ortiq mamlakatda aniqlandi va tarqalish jarayonida mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021