Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Istanbul kanali qurilishi boshlandi
Kanal uzunligi 45 kilometr, eni 275 metr va chuqurligi 21 metr bo‘ladi. Istanbul kanali loyihasi qiymati 15 milliard dollarga teng bo‘lib, loyiha olti yil davomida amalga oshiriladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bosfor bo‘g‘oziga parallel o‘tadigan hamda Qora va Marmar dengizlarini bog‘laydigan Istanbul kanali qurilishiga start berdi.
U tantanali marosimda ishtirok etdi va ramziy tugmani bosib loyiha amalga oshirilishini boshlab berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kanal uzunligi 45 kilometr, eni 275 metr va chuqurligi 21 metr bo‘ladi.
Istanbul kanali loyihasi qiymati 15 milliard dollarga teng bo‘lib, loyiha olti yil davomida amalga oshiriladi.
«Bugungi kunda Bosfor orqali yiliga 45 mingta kema o‘tadi. Har bir ulkan kemaning o‘tishi shahar uchun xavf tug‘diradi, ular turli yuklarni tashiydi va halokat yuz beradigan bo‘lsa, shahar xatar ostida qoladi», dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an kanal qurilishi to‘g‘risida ilk bor 2011 yilda, bosh vazirlik paytida aytgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025