Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda o‘z yeriga o‘zboshimchalik bilan bino qurgan fermerga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Urgutda o‘z yeriga o‘zboshimchalik bilan bino qurgan va unumdor yer qatlamiga zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «O.» fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan 52,4 gektar yer maydonidan xo‘jalik rahbari belgilangan yo‘nalishlarda foydalanmasdan kelgani aniqlangan.
U bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda, o‘zboshimchalik bilan 20 sotix yerda qurilish ishlarini amalga oshirgan. Bundan tashqari, 18 sotix yerning unumdor qatlamidan tuproq kavlab olgan. Oqibatda, jami 38 sotix yer maydonining qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 279,6 million so‘m zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
12:09 / 25.02.2025