Jamiyat | 10:22 / 28.06.2021
7643
2 daqiqa o‘qiladi

“Bolam murakkab operatsiya qarshisida turganini bilmaydi ham” – Hindistonda qolgan Islomjonga yordam beraylik

Kun.uz saytida shifo izlab xorijga yo‘l olgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan ko‘plab yurtdoshlarimizga oid xayriya aksiyalari muntazam yoritib boriladi. Navbatdagi bemorimiz, 11 yoshli Islomjon Shuhratov ham ana shunday toifadan.

“O‘g‘lim Islomjon yurakning murakkab dardi bilan tug‘ilgan. Uning tuzalib ketishi uchun ko‘p harakatlar qildik. Shu yakka-yu yolg‘iz bolamiz sog‘aysin, deb boshqa farzand ko‘rishga harakat ham qilmadik. Allohning irodasi bilan o‘g‘lim 11 yoshga kirdi hamki, dardiga davo topa olmadik. O‘zbekistonda bu operatsiyani amalga oshirish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berilganidan keyin topgan-tutganimizni to‘plab, qarz-havola qilib, Hindistonga yo‘l olishga majbur bo‘ldik”, – deydi dadasi G‘ayrat Ro‘ziyev.

“Yaqin kunlar ichida 55 ming dollar pulini to‘lasak, operatsiya qilishlarini aytishgan. Lekin bizda buncha mablag‘ yo‘q. Bolam murakkab operatsiya qarshisida turganini bilmaydi ham. O‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring, bolam ko‘z o‘ngimda so‘nishiga qanday chidayman? Aziz yurtdoshlar, bolaginamga yordam bering”, – so‘zlarini tugatdi ko‘zida yosh bilan ota.

Islomjonning tanasi azob cheksa-da, ruhi tetik, ota-onasini tushkunlikka tushirmaslik uchun bildirmaslikka harakat qilarkan. Hayotni endigina anglab yetayotgan bu quvnoq bolajon bugun har birimizning ko‘magimizga muhtoj bo‘lib turibdi. O‘ylaymizki, savob umididagi saxiy insonlar uni noumid qoldirmaydilar.

Islomjon Shuhratovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 4280 0336 dadasi G‘ayrat Ro‘ziyev nomida

Viza: 4847 9950 3253 5569 G‘ayrat Ro‘ziyev nomida

Sberbank: 5228 6005 4218 5915 bobosi Shuhrat Ro‘ziyev nomida

Telefon: +998889300787, +919891895148 (Hindistondagi raqam)

Abror Zohidov

Mavzuga oid