Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya Vrbetitsadagi portlashlar uchun Rossiyadan 25,5 mln yevro kompensatsiya talab qildi
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsadagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qilgandi.
Chexiya hukumati 2014 yilda Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-yarog‘ omborlarida yuz bergan portlashlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun Rossiyadan kompensatsiya talab qildi.
Mlada fronta Dnes gazetasining yozishicha, Chexiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Martin Smolek Rossiyaning Chexiyadagi elchisi Aleksandr Zmeyevskiyga portlash oqibatida yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash talab qilingan diplomatik notani topshirgan.
Nashr xabariga ko‘ra, Chexiya hukumati zararni 650 mln kron (25,5 mln yevro) deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsadagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.
Vrbetitsadagi portlashlar 2014 yil 16 oktyabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi halok bo‘lgan.
Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
08:40 / 13.05.2025