Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada koronavirusga qarshi emlangan yoshlarga 150 yevrodan beriladi
18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 900 ming nafardan ortiq gretsiyaliklar emlanganlik evaziga pul mukofoti olishlari mumkin.
Gretsiya hukumati koronavirusga qarshi emlangan yoshlarni pul mukofoti bilan rag‘batlantiradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Mamlakat bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki dozani olgan yoshlarga 150 yevrodan pul beriladi.
«Bu yoshlar oldidagi burchimiz, minnatdorlik ramzi sifatidagi sovg‘amizdir», — dedi u.
Shu tarzda, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 900 ming nafardan ortiq gretsiyaliklar pul mukofoti olishlari mumkin.
Gretsiyada koronavirus yuqtirganlar soni 421 mingga yaqin bo‘lib, 12655 nafar bemor vafot etgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlanganlar turli usullarda rag‘batlantirilmoqda. Masalan, Moskvada koronavirusga qarshi emlanganlar avtomobil yutib olishlari mumkin, AQShda esa omadi kulib boqqanlar 5 mln dollar sohibiga aylanadi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025