Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada mehnat muhojirlarini emlash narxlari ma'lum qilindi
Xorijlik ishchilar Moskvada 1300 rubl evaziga koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin. Bu haqda shahar hokimiyati rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Ish beruvchi o‘z xodimlarini emlash uchun pul to‘laydi. Xizmatlarning narxi bitta xodim uchun 1300 rublni tashkil etadi », - deyilgan xabarda.
Mehnat migrantlari uchun Moskva hukumati bitta komponentli «Sputnik Light» vaksinasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ushbu vaksina Sputnik V'ga qaraganda nisbatan samarasiz bo‘lsa-da, tezda emlanishi kerak bo‘lgan odamlarga darhol ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'kidlanishicha, 27 iyun kuni Saxarovo qishlog‘idagi ko‘p funksional migratsiya markazida mehnat muhojirlarini COVID-19ga qarshi emlash tadbirlari boshlangan.
Qayd qilinishicha, mexanizm ishlab chiqilgach, emlash imkoniyati boshqa odamlar guruhiga, shu jumladan, o‘z-o‘zini ish bilan ta'minlaydiganlarga ham tatbiq qilinadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025