Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo kirib keladi
Bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 22-25 daraja issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri - iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.
“Biroq, O‘rta Osiyo iqlimi uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025