Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: “Gazprom” AJ bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish ishlari davom ettirilmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga 2017 yil 4-5 aprel kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi davomida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ o‘rtasida “Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida” memorandum imzolangan edi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga muvofiq, mazkur memorandum ijrosini ta'minlash hamda neft-gaz sanoati korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlarning malakasi va bilimlarini oshirish maqsadida “Gazprom korporativ instituti” tomonidan o‘quv kurslari tashkil etildi.
Bu safargi o‘quv kurslari “Uglevodorod xomashyolarini qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar” va “Quduq kesimlarini o‘rganishning geofizik metodlari va neft-gaz kollektorlarining parametrlarini aniqlash” dasturlari bo‘yicha onlayn tarzda tashkil etilgan bo‘lib, unda sohaning 40 nafar xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida “Neft-gaz kompleksida loyihalarni boshqarish” va “KPI va HR-menejment boshqaruv tizimi” dasturlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024