Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik tadbirkorlar Farg‘onada logistika markazi bunyod etishadi
Qozog‘istonlik ishbilarmonlar Farg‘onada yirik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji tarqatish markazi barpo etishadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Qozog‘iston Respublikasining Savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanov rahbarligidagi delegatsiya 27 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga kelgan.
Tashrifdan maqsad, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ulgurji tarqatish markazi tashkil etish hamda bu orqali viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri Qozog‘istonning yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yishni takomillashtirishdan iborat.

Muloqot chog‘ida Farg‘ona viloyati va Qozog‘iston Respublikasi uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kelgusida hamkorlikda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yangi usulda yetishtirish, saqlash, muzlatish, quritish va qadoqlash bo‘yicha komplekslarni barpo etish, qolaversa, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirish, yagona tovar o‘tkazish tizimini tashkil etishni tezlashtirish kabi masalalar muhokama qilingan. Hamkorlikda barpo etish rejalashtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji tarqatish markazi uchun Farg‘ona viloyati tomonidan taqdim etilgan yer maydonlari borasida fikr almashilgan.
Baxit Sultanov muloqot davomida viloyatga 30 million dollar atrofida investitsiya kiritilishi, logistika markazlarini tez sur'atlarda ishga tushirib, 2022 yilda yetishtiriladigan hosilni to‘g‘ridan to‘g‘ri Qozog‘iston bozoriga yuborilishi rejalashtirilayotganligini aytib o‘tgan.

Uchrashuv so‘nggida, “Oltiariq agro 505” MChJ hamda Qozog‘istonning eng yirik meva-sabzavot ta'minotchisi “MCC Trade Company” kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash hamda Qozog‘istonga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolangan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025