Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada dunyodagi eng katta radioteleskop qurilishi boshlandi
Avstraliyada SKA loyihasi doirasida SKA radioteleskopi qurilishi boshlandi. Ta'kidlanishicha, bu dunyodagi eng katta radioteleskop bo‘ladi va uni 2028 yilgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.
Radioteleskop G‘arbiy Avstraliyada qurilmoqda.
«Biz bu lahzalarni 30 yil kutgandik. Insoniyat sayyoradagi eng yirik ilmiy obekt qurilishini boshlab, oldinga ulkan qadam tashladi. Biz koinotning ko‘plab sirlarini bilishimizga yordam beradigan ikkita eng katta va murakkab radioteleskopni quramiz», deb ma'lum qilgan SKA observatoriyasi bosh direktori Filip Daymond.
Uning ta'kidlashicha, o‘tgan hafta SKA qurilishida ishtirok etayotgan 7ta davlat – Avstraliya, Xitoy, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, JAR va Britaniya radioteleskop qurish rejasini rasman ma'qulladi va uning qurilishi hamda ekspluatatsiyasi uchun 2 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi.
Radioteleskopni 2028 yilgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan. Olimlar observatoriya bir necha yillardan keyin ilk ma'lumotlarni olishni boshlashiga umid qilishmoqda. Ular observatoriya kamida 50 yil ishlashini kutishyapti.
SKA teleskopi bir kvadrat kilometr maydonga ega ulkan virtual antennaga birlashadigan 3 mingta alohida antennadan iborat bo‘ladi. Bunday teleskopni qurish g‘oyasi 1990-yillar boshida paydo bo‘lgan.
Olimlar SKA evaziga koinotdagi birinchi yulduzlarni ko‘rishga, o‘ta massiv qora tuynuklar atrofi suratlarini olishga hamda qora materiya tabiatini, noma'lum tabiatga ega kuchli va qisqa koinot radiosignallari nima paydo qilishini bilishga umid qilishmoqda.
Dastlab ushbu teleskopni o‘z hududida joylashtirish uchun JAR, Yangi Zelandiya va Avstraliya kurash olib borgan. Biroq oxir natijada loyiha ikki qismga bo‘lingan: JARda MeerKAT va Avstraliyada SKA-Low teleskopini qurishga qaror qilingan. MeerKAT qurilishi 2 yil avval yakunlangan, biroq SKA-Low qurilishi loyihadan Yangi Zelandiya chiqishi va boshqa muammolar sababli bir necha marta keyinga qoldirilgan.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025