Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank sirlari prokuror sanksiyasi bilan taqdim etiladigan holatlar belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagi holatlarda taqdim etiladi:
- prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta'minlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;
- tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Tegishli o‘zgartishlar «Bank siri to‘g‘risida»gi va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritildi. Qonun bundan 3 kun oldin, 26 iyunda Senatda ma'qullangan edi.
Endilikda tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishi doirasida Markaziy bankning ma'lumotlar bazasidan hisobvaraqalar mavjudligi haqidagi ma'lumotlar avtomatlashtirilgan rejimda olinadi.
Mavzuga oid
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
08:34 / 20.03.2025
“Korrupsiyaviy tuynuk”larni tag-tomiri bilan yo‘q qilish choralarini ko‘ramiz - bosh prokuror
11:51 / 01.10.2024