Farzandlikka olish bo‘yicha qator cheklovlar joriy etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda farzandlikka olish bo‘yicha qator cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda parlament saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, tahlillar respublikada farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar 4 mingdan ortiq ekanligini ko‘rsatmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganni farzandlikka olishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur norma ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan hamda farzandlikka olishga to‘sqinlik qilmaydigan jinoyat turlari uchun ham tatbiq qilinadi. Bunda, farzand asrab olish uchun 2018 – 2019 yillarda 1,9 mingtadan, 2020 yilda esa 1,5 ming nafar fuqaro vasiylik va homiylik organlarida navbatda turgan.
Shuningdek, doimiy daromadga ega bo‘lmagan yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ota-onalik huquq va majburiyatlarini bajara olmaydigan shaxslarning farzandlikka olish huquqlarini cheklash qonunda aniq belgilanmagan. Oqibatda fuqarolar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan farzand asrab olish, jumladan, bola savdosi kabi holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Bildirilishicha, “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida esa bu borada yuzaga kelayotgan muammolar yechimi o‘z ifodasini topgan.
Taklif etilayotgan loyihada og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga farzandlikka olish taqiqlanmoqda. Shu bilan birga, farzandlikka olish vaqtidan oldin 1 yil davomida doimiy daromadga ega bo‘lmagan yoki oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lgan daromad oladigan,farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslarning farzandlikka olishga bo‘lgan huquqlari cheklanmoqda.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024
Mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi
13:23 / 09.04.2024