Qashqadaryoda ish paytida mast holda bo‘lgani aytilgan shifokor o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ish paytida spirtli ichimlik iste'mol qilib, bemorlarga qaramayotgani aytilgan shifokor o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlovchi vrach N.E. ish paytida spirtli ichimlik ichib, bemorlarga qaramayotgani haqida videomurojaat e'lon qilingan. Holat viloyat SSB tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, videomurojaat e'lon qilingan kunning o‘zida o‘tkazilgan narkolog tekshiruvida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori N.E. spirtli ichimlik iste'mol qilmagani aniqlangan. Shu kunning o‘zida shifokor ijtimoiy tarmoq orqali navbatchilikda qattiq charchagani sababli bunday holat yuz berganini qayd etgan va bemorni qabul qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun undan uzr so‘ragan.
Aniqlanishicha, shifokor N.E. voqeadan bir kun avval tasdiqlangan jadval asosida navbatchilikda bo‘lgan.
Shundan so‘ng 34 yil davomida yuqumli kasalliklar shifokori sifatida faoliyat yuritgan N.E. ma'muriyatga keksaygani sababli bundan keyin shifoxonada o‘z faoliyatini davom ettira olmasligini ma'lum qilib, o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

08:09 / 26.03.2025
Rossiya ommaviy tarzda KXDRdan shifokorlarni stajirovkaga qabul qilmoqda

17:05 / 20.02.2025