“Andijon muzqaymog‘i”ning siri nimada?

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokamaga sabab bo‘lgan “Andijon muzqaymog‘i” nafaqat Andijonda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashdi. Toshkent shahrida esa mazkur muzqaymoqqa reydlar o‘tkazilib, sanitariya talablariga javob bermasligi ta'kidlandi. Kun.uz muxbiri “Andijon muzqaymog‘i” tayyorlanadigan korxonada bo‘lib, savollarga oydinlik kiritdi.
Xabaringiz bor, mazkur muzqaymoq Andijon shahridagi “Surpriz ice crem” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Hikmatullo Madrahimov nomiga patentlangan.
Korxonada kuniga 40 turdagi bir necha tonna muzqaymoqlar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning barchasiga amaldagi tartiblar asosida tegishli sertifikatlar olingan. Mahsulotlar ulgurji sotib oluvchilarga, savdo do‘konlariga tarqatiladi. Bundan tashqari, maxsus aravachalar tayyorlagan bo‘lib, aravachalarni ishchilarga, hamkorlariga berish orqali ham “Andijon muzqaymog‘i” sotuvi tashkil etilgan.
Uning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda reydlar orqali sifatsiz deb topilgan muzqaymoqlarni ishlab chiqarmagan. Ta'kidlanganidek, u boshqa korxonalar tomonidan tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
— Andijon muzqaymog‘ining ommalashishiga sabab, uning ta'mida bolalikni eslatuvchi mahsulotlar borligida. Otalarimiz aytib bergan va o‘zimiz ham yoshligimizda mahallamizda velosipedlarda sotib olib kelinadigan muzqaymoqning ta'mini topishga harakat qilganmiz, – deydi Hikmatullo Madrahimov.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan reydlar natijasida muzqaymoq sotilishiga biroz ta'sir qilgan. Biroq hozirda mahsulot doimgidek xaridorgir.
“Andijon muzqaymoqlari”ni yeganingizda haqiqatda olis yoshlik ko‘chalariga sayohat qilasiz. Buni muzqaymoq tanovul qilgan yurtdoshlarimiz ham ta'kidladi.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi: Jahongir Mahmudov
Montajchi: Boymirza Halilov
Mavzuga oid

15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

18:19 / 07.04.2025
“Har biriga ming dollar” – Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

14:22 / 02.04.2025
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi

08:40 / 01.04.2025