Sport | 19:37 / 01.07.2021
15531
1 daqiqa o‘qiladi

12 yoshli bola shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeyster bo‘ldi

Mishra yetti yoshida AQSh shaxmat federatsiyasi ekspertiga aylangan, to‘qqiz yoshida milliy sport ustasi, 10 yoshida xalqaro sport ustasi bo‘lgan.

Amerikalik 12 yoshli Abhimanyu Mishra grossmeyster bo‘ldi va Sergey Karyakinning rekordini yangiladi, deb xabar berdi CNN.

U Elo reytingi bo‘yicha 2500 ball to‘pladi va ushbu unvonni olish uchun uchinchi normani bajardi. Rekord 30 iyun kuni Budapeshtda o‘tkazilgan Vezerkepzo GM Mix musobaqasida o‘rnatildi.

Mishra hal qiluvchi bahsda hindistonlik Leon Mendokani yengdi. 

U 12 yosh to‘rt oy va 25 kunlik bo‘lganida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritdi. Avvalgi rekord 2002 yilda 12 yosh yetti oyligida grossmeyster bo‘lgan Sergey Karyakinga tegishli edi.

Mishra yetti yoshida AQSh shaxmat federatsiyasi ekspertiga aylangan, to‘qqiz yoshida milliy sport ustasi, 10 yoshida xalqaro sport ustasi bo‘lgan.

Mavzuga oid