Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida «ko‘k» transport yo‘lagi tashkil etish uchun 20 ta elektrobus xarid qilinadi
BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Toshkent – kam chiqindili avtotransportga investitsiyalarni jalb qilishni tezlashtirish” loyihasi doirasida poytaxt jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilinadi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Loyiha Toshkent shahrida elektr transportning yo‘lga qo‘yilishi orqali ekologik muammolarni kamaytirish va “ko‘k” transport yo‘lagini joriy etishga mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa viloyatlarda ham joriy etish rejalashtirilgan.
6 yil muddatga mo‘ljallangan loyiha uchun BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan umumiy miqdori 3,9 mln dollar atrofida pul mablag‘lari ajratiladi.
“Loyiha BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
“Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahri uchun 20ta elektrobus xarid qilinadi. Ular uchun tungi quvvatlash uskunalari ham keltiriladi.Tez kunda bu elektrotransportlarning turlari va boshqa ma'lumotlar yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi” deyilgan axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotida.
Mavzuga oid
11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi
08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi
20:43 / 08.12.2024
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024