O‘zbekiston | 13:09 / 01.07.2021
3741
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi 

Foto: KUN.UZ

“Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, davlat bog‘chalarida autsorsing usulida ovqatlantirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan navbatdagi tanlov ishlari tugagunga qadar muddati uzaytirilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirishga 2021 yil 1 oktyabrgacha ruxsat berildi.

2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq, Bo‘stonliq va Qibray tumanlarida davlat bog‘chalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha tajriba-sinov o‘tkaziladi.

Ma'lum qilinishicha, 2022 yil 1 iyulgacha ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid