Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmlik 9 sportchi Tokio-2020 olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Tokio-2020 yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar aniqlandi. Ularning orasida Xorazm viloyatidan 9 vakil bor.
Jumladan, dzyudo bo‘yicha musobaqalarda O‘zbekiston sharafini hazorasplik Gulnoza Matniyazova (70 kg vaznda) va bog‘otlik Farangiz Xajiyeva (63 kg) himoya qiladigan bo‘ldi.
Boks musobaqasida xivalik Dilshodbek Ro‘zmetov (81 kg), velosport musobaqalarida gurlanlik Murodjon Xolmurodov, erkin kurash musobaqasida urganchlik G‘ulomjon Abdullayev (57 kg) ishtirok etadi.
Shuningdek, paradzyudo musobaqalarida yangiariqlik Sevinch Salayeva (52 kg), bog‘otlik Uchqun Quranbayev (66 kg) va Nafisa Sharipbayeva (63 kg) o‘z kuchini sinab ko‘rishadi. Pauerlifting musobaqasida shovotlik Ro‘za Qo‘ziyeva (55 kg) ishtirok etadi.
Yozgi Olimpiada o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha Yaponiya stadionlarida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:35 / 29.12.2021
Tokio-2020 g‘oliblariga atalgan yil. «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti laureatlari e’lon qilindi
14:06 / 25.08.2021
Erkin kurash jamoasi bosh murabbiyi: «Tokioda shogirdlarimdan ko‘proq narsa kutgan edim»
05:42 / 24.08.2021
Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga Lexus va kvartira sovg‘a qilindi
07:43 / 10.08.2021