Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Monopoliya mana shunaqa bo‘ladi” - chet ellik mashhur bloger O‘zbekistondagi mashinalarni ko‘rib hayratga tushdi
Isroillik mashhur vloger, Nas Daily sahifasi muallifi Nusair Yosin Toshkentga kelib, mamlakatdagi avtomobillarning deyarli barchasi Shevrole brendiga tegishli ekanidan hayron qoldi.
“Do‘stlar! Men shunday yurtdamanki, bu yerda deyarli hamma mashinalar – Shevrole! Behazil!
27 yildan beri hukumat faqat bitta mashina turi sotilishiga ruxsat bergan. Ular Shevroleni tanlashgan. Mana, monopoliya qanaqa bo‘ladi.
Lekin bilasizmi... bir necha yil oldin bu mamlakat o‘zgargan va hozir dunyoga ochiq. Endi ko‘chalarda boshqa rusumdagi mashinalar ham bor. Masalan, Hyundai, Mercedes va hatto BMW.
Keling va O‘zbekistonni ko‘ring! Siz bu yerning xalqini, maskanlarini va... Shevrolelarini sevib qolasiz!” – deydi Nusair ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videosida.
Ma'lumot uchun, arab vloger ijtimoiy tarmoqlarda roppa-rosa 1 daqiqalik videolari bilan mashhur. U Nas Daily nomli sahifasiga 1 daqiqalik turli mavzulardagi mingdan ortiq videolar tayyorlab joylagan.
Nusair Yosin YouTube'da 3 million, Instagram'da 2,7 million, Facebook'da 2,6 million, TikTok'da 1,7 million obunachiga ega.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?
20:40 / 12.05.2025