Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 1 kilogrammdan oshiq marixuanani 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 1 kilogrammdan oshiq marixuanani 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 22 iyun kuni soat 21:00larda, viloyat IIB xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida giyohvand moddalarning oldi-sotdisiga chek qo‘yilgan.
Jumladan, Dehqonobod tumani Tog‘aytemir qishlog‘ida yashovchi M.X. tumanning «Dehqonobod» MFY hududidagi avtoshohbekat oldida N.F.ga 1021,2 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 1500 dollariga sotgan vaqtda viloyat IIB va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi
18:54 / 24.02.2024