AQSh qo‘shinlari Bagrom aviabazasini hech qanday ogohlantirishsiz tunda tark etgan

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondagi eng yirik aviabaza Bagromni obektning yangi afg‘on qo‘mondonini ogohlantirmasdan, tunda tark etgan. Yangi qo‘mondon amerikaliklar Kobuldan taxminan mashinada bir soatcha uzoqlikda joylashgan aviabazani tark etganini 2 soat o‘tib aniqlagan.
“Amerikaliklar Bagromni tark etgani haqida gaplar tarqaldi, soat 7:00da esa ular haqiqatan ham aviabazadan ketganini aniqladik”, deb aytgan aviabazaning yangi qo‘mondoni Mir Asadulla Kohistoniy.
Harbiylardan birining ta'kidlashicha, amerikaliklar aviabazani tark etgandan 20 daqiqa o‘tib, u yerda elektr toki o‘chirilgan. Bu esa bosqinchilarni o‘ziga jalb qilgan va ular bazaga kirib, u yerni talon-toroj qilishgan.
Ta'kidlanishicha, amerikalik harbiylar bazani tark etgandan 3 kun o‘tib, ya'ni 5 iyulda ham afg‘on askarlari bazada bosqinchilar tomonidan qoldirilgan chiqindilarni tozalashni davom ettirishgan.
2 iyulda Fox News telekanali amerikalik harbiylar Bagrom ni tark etganini ma'lum qilgandi.
Bagrom aviabazasi Kobuldan shimolda joylashgan bo‘lib, 1979-1989 yillardagi afg‘on urushi vaqtida sobiq ittifoq qo‘shinlari tomonidan qo‘llangan. U AQSh 2001 yilda Afg‘onistonga bostirib kirgandan keyin amerikalik harbiylarning asosiy bazasiga aylangandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

11:51
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

09:32
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025