Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Iroqdagi elchixonasiga dronlar yordamida hujum uyushtirildi
Dronlardan biri elchixona hududidagi harbiy obektga zarba bergan. Yetkazilgan zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.
AQShning Iroqdagi elchixonasiga bomba o‘rnatilgan dronlar yordamida hujum uyushtirildi. Shafaq News agentligining xabar berishicha, diplomatik vakolatxona xavfsizligini ta'minlaydigan havo hujumidan mudofaa tizimi dronlarga qarata o‘t ochgan.
Sabereen News portalining ta'kidlashicha, dronlardan biri elchixona hududidagi harbiy obektga zarba bergan. Yetkazilgan zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.
Avvalroq Al Hadath telekanali o‘z manbalariga tayanib Bag‘dod markazidagi «yashil hudud»ga raketa zarbalari berilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
Dushanba kuni xalqaro koalitsiyaning Anbar viloyatidagi Ayn-al-Asad harbiy bazasi o‘qqa tutilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025