Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mahalladoshining 90 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlagan maktab o‘quvchisi ushlandi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida o‘g‘irlangan tilla taqinchoqlarni maktab o‘quvchisi olgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 iyun kuni Uzun tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi, B.Mahliyoning yashash uyi yotoqxonasidan jami 90 million 204 ming so‘mlik 34 turdagi og‘irligi 135 gramm bo‘lgan turli xildagi tillo taqinchoqlari o‘g‘irlab ketilgan.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini O‘zbekiston mahallasida yashovchi maktab o‘quvchisi, X.Avaz sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va undan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Ta'kidlanishicha, X.Avazga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
12:04 / 05.04.2025
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi
13:30 / 28.02.2025
Uzun tuman IIBda fuqaro vafot etishi bilan bog‘liq holatni prokuratura va Ombudsman o‘rganmoqda
14:50 / 27.02.2025