Jahon | 17:53 / 07.07.2021
4800
2 daqiqa o‘qiladi

Litva migrantlarni to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor quradi

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytgandi.

Foto: vesti.ru

Litva migrantlar oqimini to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor qurishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite ma'lum qildi.

"Biz Litva va Belarusni ajratib turuvchi qo‘shimcha to‘siq quramiz va u noqonuniy migrantlar oqimini tashkil etuvchilarni to‘sib turuvchi omil bo‘ladi", - dedi u.

Hukumat boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chegarani qo‘riqlashni kuchaytirish uchun armiya kuchlarini safarbar qiladi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytgandi.

"Agar kimdir Polsha, Litva, Latviya va Ukraina bilan chegarani yopishimizni va Afg‘oniston, Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Tunisdan keladigan qochoqlar makoniga aylanishimizni o‘ylayotgan bo‘lsa, u kamida adashayotgan bo‘ladi. Biz hech kimni hech qachon to‘xtatmaymiz: ular bizgamas, yorqin, iliq, shinam Yevropaga borishmoqda", - dedi u.

Uning fikricha, migratsion oqimning kuchayishiga xususan, Afg‘onistondagi harakatlari bois Yevroittifoq mamlakatlarining o‘zlari sababchi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid