Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda 18 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi majburan emlanishi joriy etildi
Turkmaniston sobiq ittifoq hududidagi birorta ham koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan yagona davlat bo‘lib turibdi.
Turkmaniston hukumati mamlakatning 18 yoshdan katta aholisini koronavirusga qarshi majburan emlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Neytralniy Turkmenistan" gazetasiga tayanib TASS xabar berdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligining qayd etishicha, Turkmanistonda "koronavirusga qarshi profilaktik vaksinaning zarur zaxirasi mavjud va aholini ushbu infeksiyaga qarshi emlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda".
Turkmaniston sobiq ittifoq hududidagi birorta ham koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan yagona davlat bo‘lib turibdi.
Pandemiya boshlanganidan buyon respublika hukumati mamlakatga kirish va xalqaro aviaqatnovlarga qat'iy cheklovlar va niqob taqish rejimini joriy etgan. Shu bilan birga, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga hech qanday taqiq qo‘yilmagan.
Turkmaniston aholini emlash uchun Rossiyaning "Sputnik V" va "Epivakkorona" hamda Xitoyning CoronaVac vaksinalarini olgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025