Jamiyat | 15:29 / 08.07.2021
2703
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 iyul kuni soat 22:30larda M39 Almati-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Angor tumani hududidan o‘tgan 1433-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Moskvich» mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgan va ro‘paradan kelayotgan mashinani o‘tkazib yubormagan. Ana shu holatda Termiz-Sherobod yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» mashinasi «Moskvich»ga kelib urilgan. Oqibatda, «Moskvich» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Angor tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda «Kamaz» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» haydovchisi vafot etdi

Boysunda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxs boshqargan mashina soyga quladi. 17 yoshli qiz vafot etdi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid