Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi
5 iyul kuni afg‘on chegarachilari chegara postini toliblarga jangsiz topshirgandi. 312 nafar chegarachi va harbiylar ko‘prik orqali Tojikiston hududiga qochib o‘tgan.
«Tolibon» harakati Tojikiston bilan chegaradagi Panj daryosidagi ko‘prikda o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«5 iyul kuni Afg‘oniston hukumat kuchlarining chegara postini egallagan toliblar Panj daryosi ustidagi ikki mamlakatni bog‘lovchi ko‘prikka, Tojikistonning «Tem» nazorat-o‘tkazuv punkti qarshisiga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi»,— degan agentlik manbasi.
5 iyul kuni afg‘on chegarachilari chegara postini toliblarga jangsiz topshirgandi. 312 nafar chegarachi va harbiylar ko‘prik orqali Tojikiston hududiga qochib o‘tgan.
Avvalroq Tojikistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi vakili Hasan Sultonov Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani yanada mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilishini aytgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025