Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» delegatsiyasi Moskvaga keldi
Qayd etilishicha, to‘rt kishidan iborat delegatsiyaga shayx Shahobiddin Dilovar rahbarlik qilmoqda. Tashrif ikki kun davom etadi.

«Tolibon» harakati siyosiy ofisi delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga keldi. Bu haqda siyosiy ofisning rasmiy vakili Suhayl Shahin ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishidan iborat delegatsiyaga shayx Shahobiddin Dilovar rahbarlik qilmoqda.
Qayd etilishicha, tashrif ikki kun davom etadi.
Avvalroq Tojikistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi (KXShT) vakili Hasan Sultonov Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashda KXShT yordamiga umid qilayotganini aytgandi.
«Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega Tojikiston bu mamlakatdan keladigan xatarlarga qarshi choralar ko‘rmoqda. Mintaqadagi vaziyat hamda chegaraning ayrim uchastkalari borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda joylashganini hisobga olgan holda, bu vazifani yakka holda amalga oshirish qiyin», degandi Sultonov.
«RIA Novosti» manbasining xabar berishicha, «Tolibon» harakati Tojikiston bilan chegaradagi Panj daryosidagi ko‘prikda o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

08:40 / 13.05.2025