Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy davlat zaxiralaridan 100 ming tonna mis va alyuminiyni sotuvga chiqaradi
Xitoy xomashyo tovarlariga narxlarni ushlab turish va bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat zaxiralarida saqlanayotgan 100 ming tonna mis, alyuminiy va rux metallarini sotuvga chiqaradi.
Xitoy iyun o‘rtasida xomashyo tovarlari narxlari oshishi va tobora ko‘payib borayotgan sarflar sababli ishlab chiqaruvchilarga tushayotgan bosimni cheklash uchun davlat zaxiralaridan asosiy sanoat metallarini sotishni boshlashini e'lon qilgandi. Metallar auksionlar orqali xitoylik ishlab chiqaruvchilarga sotiladi.
Nyu-York tovar birjasida joriy yil boshidan beri mis narxi 20 foizdan ko‘proqqa, oxirgi yil esa deyarli 1,5 marotaba ko‘tarilgan.
Londonning metallar birjasida esa alyuminiy narxi iyul boshida 2011 yil iyulidan beri eng maksimum qiymatlargacha ko‘tarilgan. Bunga avtomobil va qurilish tarmoqlari tomonidan ushbu metallga talab oshgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025