Buxoroda 2 kishini OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 4 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi
Buxoroda ikki nafar fuqaroni oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib 4 000 AQSh dollari olayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.Sh. va uning sherigi U. J. ushlangan.
Ular 2 nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024