Jahon | 19:29 / 09.07.2021
23139
1 daqiqa o‘qiladi
Dubayda dunyodagi eng chuqur basseyn ochildi
Basseyn chuqur shaxtaga ega bo‘lib, akvalangchilar «Suvosti shahri»da sayohat qilishlari mumkin.
BAA poytaxtida Deep Dive Dubai deb nomlangan dunyodagi eng chuqur basseyn ochildi. Uning chuqurligi 60 metr bo‘lib, basseynni to‘ldirish uchun kamida 14 mln litr suv ketadi, deb yozadi The National News.
Uning tashqarisida tashrif buyuruvchilar uchun 80ta o‘rindiq va bir nechta tomosha maydonchalari joylashgan.
Basseyn chuqur shaxtaga ega bo‘lib, akvalangchilar «Suvosti shahri»da sayohat qilishlari mumkin.
Basseynda xonalar va kabriolet, o‘yin avtomatlari va bilyard stoli bor. Bundan tashqari, ikkita qavatda suvsiz xonalar va 56ta kamera joylashgan.
Deep Dive Dubai basseyni NASA ishlab chiqqan texnologiyalar bilan jihozlangan.