Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahorga hujum boshladi
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahor tumanlariga hujum qilgan.
Bu haqda TOLOnews telekanali mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, toliblar ikkita nazorat punktiga hujum qilishgan. Qandahor politsiyasining bildirishicha, shaharga qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.
Avvalroq, «Tolibon» jangchilari Hirot viloyatidagi Eron va Turkmaniston bilan chegaradagi nazorat punktlarini o‘z nazoratiga olishgani, Tojikiston bilan chegarada joylashgan Panj daryosidagi ko‘prikda o‘z bayrog‘ini o‘rnatgani xabar qilingandi.
Moskvadagi uchrashuvda «Tolibon» harakati Afg‘onistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarga hujum qilish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qilgan. Shuningdek, harakat Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaraga hujum qilmaslikka va'da bergan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025